profile
Опубликовано 5 лет назад по предмету Оʻzbek tili от habibulloh777

til bilgan el biladi matn tuzish

  1. Ответ
    Ответ дан ang19903
    Til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘stlar orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor bo‘ladi. Bugun shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, yoshlarimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish nihoyatda katta. Prezidentimizning Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori keng qamrovli ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘ldi.

    Ushbu qarorda chet tili o‘qitishning barcha jihatlari qamrab olingan bo‘lib, unga ko‘ra chet tilini o‘rgatish 1-sinfdan o‘yin va og‘zaki nutq mashg‘ulotlari shaklida, 2-sinfdan esa alifbo, o‘qish va sodda grammatik qoidalarni o‘rganish bilan boshlanishi belgilangan.

    Ma’lumki, o‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda chet tilini og‘zaki nutq orqali o‘rganib borsa, keyinchalik grammatikani ham yaxshi o‘zlashtiradi. Yuqorida nomi keltirilgan qaror biz, chet tili fani o‘qituvchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

    Endi biz malakamizni oshirishimiz, o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, darslarni puxta o‘zlashtirishi uchun yangi pedtexnologiyalardan, o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishimiz kerak. O‘quvchilarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha doimiy o‘tkaziladigan seminar-treninglarda qatnashayotganimiz bizga qo‘l kelayapti. Chunki o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, butun e’tiborini jalb etish oson emas.

    Tajribamdan kelib chiqib, erkin mavzu tanlab, har bir o‘quvchining o‘zlashtirishiga qarab mashg‘ulotlar olib boryapman. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni fikrlash, so‘z tuzish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, dars vaqtida o‘quvchilarimdan ingliz tilida gaplashishlarini talab qilaman. Chunki tilni o‘rganishda ko‘proq so‘zlashuvga e’tibor berish kerak. So‘zlashuv orqali o‘quvchi ham so‘zlarni, ham grammatikani, asosiysi, to‘g‘ri va ravon gapirishni o‘rganadi.

    Chet tilini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Dars vaqtida multimedia vositasi orqali mavzuga oid video va audio lavhalar namoyish etilib, jonli muloqot o‘tkazilsa, so‘zlar to‘la talaffuz qilinsa, yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning so‘zlashuv tilini yanada rivojlantirish uchun imkon qadar poytaxtimizga tashrif buyurgan sayyohlar bilan jonli muloqot o‘tkazishga alohida e’tibor beryapmiz. Bu o‘quvchilarning chet tilini yanada yaxshiroq, mukammalroq o‘rganishida muhim ahamiyatga ega. Zero, chet tilini o‘rganish — davr talabi.

Самые новые вопросы