profile
Опубликовано 5 лет назад по предмету Оʻzbek tili от shohjahonburhonov777

Помогите на сочинение устоз мехри

  1. Ответ
    Ответ дан ang19903
    Hajviy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ustoz adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ne’mat Aminov “Ikki pullik obro‘” nomli ilk kitobi bilanoq muxlislar e’tiborini qozongan ekan. Yozuvchining “Qirq uchinchi pochcha”, “Labihovuz xandalari”, “Tillo tabassumlar” singari hajviy kitoblari qo‘lma-qo‘l o‘qilgan va hozir ham o‘qilayapti. “Yolg‘onchi farishtalar” hajviy romani o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Ustoz adibning “Qahqaha” saylanmasi, “Bir asr hikoyati” asari ham o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Sermahsul ijodkor hajviy hikoyalar, roman va qissalar yaratish bilan birga Molyerning “Soxta oqsuyak”, Derfashning “Tirqish”, Sergey Mixalkovning “Dumaloq xat”, Gorinning “Sen kimu men kim?” kabi komediyalari, Chexov, Zoshchenko, Aziz Nesin kabi yozuvchilarning hajviy hikoyalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

    Talabalik yillarimda “Bir qaynovi ichida gaplar”dan yozib hali siyohi qurimasdan “Mushtum” jurnali tahririyatiga yugurardim. Boisi, bu yerda meni ochiq chehra bilan qarshi olishardi.

    O‘sha paytlarda, aniqrog‘i, 1983 yilda jurnal oyda ikki marta nashr etilardi. Ilk marta tahririyatga borganim hamon esimda. Xonada ikki-uch kishining gurungi avjida ekan. Tahririyat eshigidan mo‘raladim.

    – Keling, ukajon, tortinmasdan kiravermaysizmi, – deya meni ichkariga taklif qildi ochiq chehrali kishi. Bu ko‘ngli ochiq, samimiy inson Ne’mat Aminov edi. – Bir nima yozib kelganga o‘xshaysiz, qani ko‘raylik-chi, – dedi qo‘limdagi qog‘ozga ishora qilib.

    Yozganlarimni u kishiga uzatdim. Ne’mat aka qog‘ozga ko‘z yugurtira boshladi, bir vaqt sharaqlab kulib yubordi.

    – Zohidjon aka, quloq soling, – deya yonidagi Zohidjon Obidovga yuzlandi-da, “Bir qaynovi ichida gaplar”ni ovoz chiqarib o‘qib berdi. – Baraka toping, ukajon, ko‘proq yozing. Keyin xandalar, hajviyalardan ham bo‘lsin.

    Shu topda quvonchim ichimga sig‘masdi. “Mushtum”da ketma-ket mashqlarim bosildi. Lekin familiyam Ayizov emas, Azizov bo‘lib ketibdi.

    – E, ukaginam, xafa bo‘lmaysiz-da, endi. Familiyangiz Aistov emasmidi, ishqilib. Keyingi sonda xandalaringizni berayapmiz. Endi familiyangiz bexato chiqadi. Yozib turing, xo‘pmi… – deya ustoz tabassum bilan yelkamga qoqib qo‘ydi.

    1998 yil. Uzoq yillar Qashqadaryoda ishlab, poytaxtga qaytdim. Hajviy hikoyalarimni to‘plam holiga keltirish niyatida Ne’mat Aminov rahbarlik qilayotgan idoraga yo‘l oldim.

    Menga boshdan-oyoq razm solgan kotiba:

    – Boshliqning vaqtlari ziq. Hech kimni qabul qilmaydilar… – dedi.

    – Bir og‘iz aytib qo‘ysangiz, vaqtlari bo‘lmasa, boshqa kun kelarman, – dedim.

    Kotiba darrov ichkariga kirib chiqdi-da:

    – Kirar ekansiz, – dedi xijolatomuz.

    Ne’mat Aminov meni har doimgidek ochiq chehra bilan qarshi oldi. Niyatimni aytdim.

    – Juda yaxshi o‘ylabsiz-da, Abdullajon, hajviyalarni o‘qib chiqqach, ma’qul bo‘lsa, fikrimni aytaman, – dedi ustoz samimiylik bilan.

    Qo‘lyozmalarimni qoldirib ketdim. Oradan ancha kunlar o‘tgach men xizmat qilayotgan gazetaning bosh muharriri xonasiga chaqirib:

    – Sizni Ne’mat Aminov so‘radi… – deya savolomuz tikildi, – uchrashar ekansiz.

    Ustoz tag‘in mehr bilan qarshiladi:

    – Ukajon, o‘qidim. Ijodingizga baraka. Mana so‘zboshi ham yozdim. o‘ayrat qiling, – deya yaxshi istaklar bildirdi.

    Shunday qilib “Bir gap bo‘lar” nomli hajviy kitobim O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ne’mat Aminov so‘zboshisi bilan chop etildi.

    Endi o‘ylab qarasam, soddalik qursin, o‘shanda tushunmagan ekanman. Katta lavozimda ishlayotgan, ming bir tashvishga ko‘milgan, hatto biroz orom olishga ham vaqt topolmaydigan, ham rahbarlik mas’uliyati, ham badiiy ijod fikrini chulg‘agan, buning ustiga yoshi ulug‘ adib – Ne’mat Aminov qo‘lyozmalarimni o‘qishga fursat topibdi. Bu chinakam ustozlik mehri edi.

    Ustoz shifoxonaga tushib qolganini eshitib, ko‘rgani bordim. Bemor holida ham “Afandi” gazetasiga ko‘z yugurtirib o‘tirgan ekanlar. Stol ustida gazeta-jurnallarning yangi sonlari… Nazira yangamiz ustoz atrofida parvona. Buxoroyi sharifdan singillari, kuyovlari kelib qolishdi. Ahvoli durust bo‘lmasa-da, ko‘rishga kelganlarga minnatdorlik bildirar, hazil-huzul qilib suhbatni qizdirardi. Oradan bir necha kun o‘tib betakror ijod sohibi, mashhur hajvchi Ne’mat Aminovning vafoti haqidagi sovuq xabarni eshitib dilim vayron bo‘ldi.
Самые новые вопросы